Bizning tariximiz
Kompaniyamizning bosib o'tgan yo'li — bu shunchaki yillar ketma-ketligi emas, balki tinimsiz izlanish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va xalqaro standartlar darajasiga chiqish tarixidir. Kichik ishlab chiqarish quvvatidan boshlangan faoliyatimiz bugun mintaqaning yirik qurilish loyihalari va mutaxassislari ishonchini qozongan yirik majmuaga aylandi.
Yillar bo'yicha yo'limiz
VERO — kelajak qurilishining mustahkam asosi!
VERO poydevori 2014-yilda qo'yildi. Faoliyatimizni polimer mahsulotlari — quvurlar va fitinglar ishlab chiqarishdan boshladik. Dastlabki yillardayoq 18 ta Termoplast (enjeksion) va 4 ta ekstruder uskunasi o'rnatilib, yiliga 5000 tonnaga yaqin ishlab chiqarish quvvati yasaldi. 40 dan ortiq malakali mutaxassis jamoasi shakllantirildi va sifat nazorati laboratoriyasiga asos solindi.
Bozor talabidan kelib chiqib, latun (jez) qismlarga ishlov berish bo'limi ochildi. 8 ta transfer (rezba ochish), 5 ta press va kanal stanogi bilan ishga tushgan bu sex dastlab xorijdan keltirilgan prutoklardan mahsulot tayyorladi va keyingi inqilobiy o'zgarishlarga zamin yasadi.
Yangi yo'nalish — metall xomutlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. 6 ta stanok va 20 nafar xodim bilan boshlangan jarayon oyiga 50 000–60 000 dona mahsulot berdi. Shu yili xorij tajribasini o'zlashtirish maqsadida Turkiyadan zamonaviy texnologiyalar olib kelindi.
Muhim burilish: metall xomut bo'limi Angrendan Jizzax viloyatiga ko'chirildi va tubdan modernizatsiya qilindi. Punta MAC qaynoq payvandlash hamda Reha tish ochish stanoklari xarid qilinib, texnologiyalar to'liq yangilandi va jarayon avtomatlashtirildi.
Yetkazib berish standartlari yangilandi — donalab qadoqlash (upakovka) tizimiga o'tildi. Xomutlarni bo'yoq bilan qoplash uchun zavod galvanika bo'limi ishga tushirildi. Plastik bo'lim uchun yangi avlod enjeksion uskunalari keltirildi.
Avval Turkiyadan tayyor keltirilgan 160-talik katta xomutlar 2023-yildan to'liq o'zimizda ishlab chiqarila boshlandi. Sifat nazoratida ulkan qadam: maxsus TORK klyuchi olib kelindi, payvandlash nuqtasidagi harorat qat'iy nazoratga olindi. Rezina qistirmalar ham o'z fabrikamizda ishlab chiqarila boshlandi.
Eng barakali o'sish yili. Xorijdan xom ashyo olish 90% ga qisqartirildi — metall rulonlar mahalliy manbadan olinib, zavodda tilimlab kesildi. Latun quyish to'liq ichki tizimga o'tkazildi (eritish, quyish, nikel qoplash). VERO ostida sharovoy kranlar, harakatli nipellar va kanalizatsiya fitinglari kiritildi; xomutlarda ikki tomonlama payvandlashga o'tildi.
Ishlab chiqarish hajmi 64% ga o'sib, oylik ko'rsatkich 50 000 donadan 320 000 donagacha yetdi. Uskunalar 13 taga, xodimlar 45 nafarga ko'paydi, katta enjeksion Termoplast stanoklari o'rnatildi. VERO brendi ichki bozor bilan birga O'rta Osiyo davlatlariga eksportni boshladi.
Bugun korxonamiz yirik qurilish kompaniyalari, hududiy dilerlar va usta-mutaxassislar uchun eng ishonchli ta'minotchiga aylandi. Sifat, xavfsizlik va zamonaviy dizayn bilan yirik ko'rgazma va loyihalarda — jumladan may oyidagi xalqaro «Intelligent Building Expo Tashkent» da faxr bilan ishtirok etamiz.










